404
Dori vositasi sifat nuqsoni haqida xabar berish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

“Zarur amaliyotlar markazi” DM mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov eʼlon qiladi!

Tanlovda ishtirok etish boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish muddati tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kunni tashkil qiladi.

Nomzodga bir vaqtda eʼlon qilingan uchtadan ortiq boʻlmagan vakant lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Bir vaqtda eʼlon qilingan bir nechta vakant lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etayotgan nomzod tanlovning suhbat bosqichida faqat bir marta qatnashishi mumkin.

Nomzodlar tomonidan tanlovda ishtirok etish bo‘yicha yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanishi ularni tanlovdan chetlashtirish uchun asos hisoblanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Markazning uzpharm-gxp.uz  veb-sayti orqali quyidagilarni Tizimga biriktirishi lozim:

  • shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka/rezyume);
  • shaxsiy elektron pochta manzili va telefon raqami;
  • shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka/rezyume)ga qoʻshimcha tarzda chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomni tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma);
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi).

Bizning manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani,  Bog‘zor MFY hududi, Bog‘ koʻchasi, 1-uy.

Telefon: (55) 902-55-55

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech