Ibragimov Avazbek Baxtiyarovich (1991 y.t.) – biotexnolog, Kimyo va farmasevtik kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Zarur amaliyotlar markazi” DUK direktor o‘rinbosari.
Ibragimov Avazbek Baxtiyarovich 22 iyul 1991 yili Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 2008-2012 yillar davomida Toshkent Kimyo texnologiya institutida bakalavr bosqichini tamomlab, 2012-2014 yillarda Toshkent Farmasevtika institutini magistr bosqichini tamomlagan. 2018-2019 yillarda “Dori vositalari, tibiiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmasevtika sohasiga halqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik A.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti “Tadqiqotlarning fizik-kimyoviy usullari” laboratoriyasi stajer tadqiqotchisi va kichik ilmiy xodimi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Zarur amaliyotlar markazi” direktor o‘rinbosari.