“Zarur amaliyotlar markazi” DM mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov eʼlon qiladi!
Tanlovda ishtirok etish boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish muddati tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kunni tashkil qiladi.
Nomzodga bir vaqtda eʼlon qilingan uchtadan ortiq boʻlmagan vakant lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Bir vaqtda eʼlon qilingan bir nechta vakant lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etayotgan nomzod tanlovning suhbat bosqichida faqat bir marta qatnashishi mumkin.
Nomzodlar tomonidan tanlovda ishtirok etish bo‘yicha yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanishi ularni tanlovdan chetlashtirish uchun asos hisoblanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Markazning uzpharm-gxp.uz veb-sayti orqali quyidagilarni Tizimga biriktirishi lozim:
– shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka/rezyume);
– shaxsiy elektron pochta manzili va telefon raqami;
– shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka/rezyume)ga qoʻshimcha tarzda chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomni tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma);
– shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi).
Bizning manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog‘zor MFY hududi,
Bog‘ koʻchasi, 1-uy.
Telefon: (55) 902-55-55
Axborot texnologiyalari va muhandislik bo‘limi 1-toifali mutaxassis (1ta vakant) lavozimining malaka talablari quyidagilardan iborat:
Asosiy talablar:
- Oliy maʼlumotga (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishida) ega boʻlishi;
- Davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillar boʻyicha xalqaro sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi, MS Office, Microsoft Excel, Microsoft Windows Server, Linux operatsion tizimlarini mukammal bilishi, MS Office boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻlishi.
Qoʻshimcha talablar:
- Ish tajribasiga ega shaxslarga ustunlik beriladi.
Ishlab chiqaruvchilar inspektsiyasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (3ta vakant) lavozimining malaka talablari quyidagilardan iborat:
Asosiy talablar:
- Oliy maʼlumotga (farmatsevtika, tibbiyot, kimyo-biologiya va kimyo-texnologiya yoʻnalishida) ega boʻlishi;
- Sohada farmatsevtika yoʻnalishida kamida 2 yillik malakaga ega boʻlishi;
- Davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillar boʻyicha xalqaro sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalda qoʻllay olishi, MS Office, Microsoft Excel boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻlishi.
Qoʻshimcha talablar:
- Zarur amaliyotlar (GxP) talablari borasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglashi;
- Zarur amaliyotlar (GxP) talablari boʻyicha hukumat qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va ular bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishi zarur.
Sifat menejmenti tizimi boʻlimi boshlig‘i lavozimining malaka talablari quyidagilardan iborat:
Asosiy talablar:
- Oliy maʼlumotli va ilmiy daraja farmatsevtika yoʻnalishida (magistr, fanlar nomzodi, PhD falsafa doktori nomzodiga ustunlik beriladi) ega boʻlishi lozim;
- Sohada farmatsevtika yoʻnalishida kamida 5 yillik malakaga ega boʻlishi, shundan kamida 2 yil rahbarlik (davlat tashkilotida) lavozimida ishlagan boʻlishi;
- Zarur amaliyotlar (GxP) milliy standartlar talablariga muvofiqlik sertifikatlari mavjudligi;
- Davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillar boʻyicha xalqaro sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalda qoʻllay olishi, MS Office, Microsoft Excel boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻlishi.
Qoʻshimcha talablar:
1.Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasini ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni yanada joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini tashkil etishi;
- Zarur amaliyotlar (GxP) talablari borasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglashi;
- Zarur amaliyotlar (GxP) talablari boʻyicha hukumat qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va ular bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishi zarur.
Sifat menejmenti tizimi boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimining (1 ta vakant) malaka talablari quyidagilardan iborat:
Asosiy talablar:
- Oliy maʼlumotli va ilmiy daraja farmatsevtika yoʻnalishida (magistr, fanlar nomzodi, PhD falsafa doktori nomzodiga ustunlik beriladi) ega boʻlishi lozim;
- Sohada farmatsevtika yoʻnalishida kamida 3 yillik malakaga ega boʻlishi;
- Zarur amaliyotlar (GxP) milliy standartlar talablariga muvofiqlik sertifikatlari mavjudligi;
- Davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillar boʻyicha xalqaro sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalda qoʻllay olishi, MS Office, Microsoft Excel boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻlishi.
Qoʻshimcha talablar:
1.Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasini ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni yanada joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini tashkil etishi;
- Zarur amaliyotlar (GxP) talablari borasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglashi;
- Zarur amaliyotlar (GxP) talablari boʻyicha hukumat qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va ular bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishi zarur.
Tashkiliy nazorat boʻlimi yetakchi mutaxassisi lavozimining (1 ta vakant) malaka talablari quyidagilardan iborat:
Asosiy talablar:
1.Oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega nomzodlarga afzalliklar beriladi);
- Soha yoʻnalishida kamida 2 yillik malakaga ega boʻlishi;
- Davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillar boʻyicha xalqaro sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalda qoʻllay olishi, MS Office, Microsoft Excel boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻlishi.
Qoʻshimcha talablar:
1.Markazda qonunlar va normativ xujjatlar ijrosining intizomi boʻyicha faoliyatini nazorat qilib borish va ijroga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularga tashkiliy nazorat va tahlil sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshirishi;