404
GPP uchun online ariza topshirish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan yana 5 ta kompaniya GMP hamda GDP sertifikatlariga ega bo‘lishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-son Farmoniga asosan, farmatsevtika tarmog‘i va respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar 2024 yil 1 yanvargacha zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.

Shuningdek 2022 yil 1 apreldan farmatsevtika sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)», «Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)» va «Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)» talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi belgilangan.

Ushbu farmondagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan Joriy yilning 30 mart sanasida navbatdagi sertifikatlar o‘z egalariga taqdim qilindi.

Tantanali marosimda yurtimizda faoliyat yuritayotgan "Astor Alliance" MCHJ, “Shayana Farm” MCHJ, “Asklepiy” MCHJ va uning Buxoro viloyati filialiga «Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)» sertifikatlari toshriligan bo‘lsa, "Well Med Pharm" MCHJ HKga «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» sertifikti taqdim qilindi.

Maʼlumot uchun hozirgi kunda 221 ta farmatsevtika korxonasidan 95 tasi (42 foizi) xalqaro va milliy standartlar joriy qilgan. Va bugun ularning soni yana 5 taga ko‘paydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech