404
GPP uchun online ariza topshirish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Zarur amaliyotlar bo'yicha onlayn muloqot

2024 yil 20 iyun kuni farmasevtika mahsulotlarini ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mutasaddi xodimlari bilan Zoom platformasi orqali navbatdagi “Zarur amaliyotlar qoidalarini joriy etishdagi  muammolar yechimi” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn muloqot  tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda GDP va GPP sertifikatini taqdim etuvchi vakolatli ishchi organ bo‘lgan “Zarur amaliyotlar markazi” DM direktori o‘rinbosari hamda inspektorlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda mutasaddilar tomonidan ko‘tarilgan muammo va savollarga tushuntirishlar berildi hamda o‘z ish faoliyatida mos ravishda GDP va GPP talablarini o‘rnatilgan muddatlarda joriy qilmagan tashkilotlarning litsenziyasi bekor qilinishi haqida yana bir bor eslatildi.

Hurmatli farmasevtika mahsulotlarini ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mutasaddi xodimlari, mavzuga oid savollaringizga  "Zarur amaliyotlar markazi"ning rasmiy veb-sayti http://www.uzpharm-gxp.uz orqali ham javob olishingiz mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech