Bugun, Xorazm viloyatining aksariyat hududlarida GxP (Zarur amaliyotlar) standartlarini joriy qilish aholi va sayyohlar salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Birgina, may oyining ikkinchi yarmida Xiva, Bog'ot, Shovot, Gurlan tumanlaridagi yuzga yaqin dorixona muassasalari mas'ullari bilan “Dorixonalarda GPP standartini joriy etish - zamon talabi" mavzusida suhbatlar o’tkazildi. Qatnashchilar GPP sertifikatini olish tartibi, muddatlari, rasmiylashtirish jarayonida as qotuvchi namunalar borasida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Eslatib o’tamiz, “Zarur amaliyotlar markazi” DUKning rasmiy saytida GPP sertifikatini olish bo’yicha namunalar, shu bilan birga, GPP sertifikati uchun online ariza topshirish imkoniyati mavjud.