404
GPP uchun online ariza topshirish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Nega aksariyat Samarqand dorixonalari ta'mirlanmoqda?

So'nggi vaqtlarda Samarqand viloyatidagi aksariyat dorixonalarda ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotganligini guvohi bo'lishimiz mumkin. O'z-o'zidan, “Buning sababi nima?” degan tabiiy savol tug'iladi. Biz bu savol bilan “Zarur amaliyotlar markazi” ning Samarqand viloyati bo'limi inspektori Jasurjon Kushakovga murojaat qildik.

“So'ngi oylarda GPP yani Zarur dorixona amaliyoti standartlarini joriy qilish bo'yicha keng miqqiyosda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Uning natijasi o'laroq, bugun Samarqand viloyatining aksariyat dorixonalarida ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Birgina may oyining o'zida Urgut, Toyloq, Jomboy, Chelak, Kattaqo'rg'on, Narpay tumanlarida GPP sertifikatini olish bo’yicha konsultativ ma'ruzalarni amalga oshiryapmiz” -dedi Jasurjon Kushakov.

Samarqandlik doriхona muassislarini qanday muammolar qiynayotgani bilan qiziqqanimizda: “Yeg'ilishlar jarayonida viloyatning chekka hududlarida elektr tarmog'idagi uzilishlar mavjudligi, bu esa dorixona faoliyatini to'liq amalga oshirishda muammolar keltirib chiqarayotganini takidlanmoqda. Biz esa GPP talabi bo’yicha ayni vaziyatda xavflarni tahlil qilgan holda, zarur texnik ta'minotni amalga oshirish bo'yicha tavsiyalarni bermoqdamiz” – dedi suhbatdoshimiz.

Eslatib o’tamiz, O'zbekiston Respublikasining turli hududlarida bu kabi uchrashuvlar amalga oshirilmoqda, unda ishtirok etayotgan dorixona muassasalari mas'ullari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech