404
GPP uchun online ariza topshirish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Navoiy shahriga GPP standartlari kirib bormoqda

Aholiga sifatli va xavfsiz dori vositalarini yetkazib berishda jahon talablarini joriy qilish muhim masala hisoblanadi. Bu borada dorixonalar faoliyatini tartibga solish, formatsevtlarning bilim va ko'nikmalarini oshirish – kun tartibida turgan dolzarb masaladir.

So'nggi hafta ichida Navoiy viloyatining turli hududlari, qolaversa, Navoiy shahrining Yangi bozor va 10-mikrorayonlarida joylashgan ellekka yaqin dorixona muassasalari mas'ullari ishtirokida "Dorixonalarda GPP standartini joriy etish: dolzarb masalalar, muammo va yechimlar" mavzusida suhbatlar oʻtkazildi.

Yeg'ilishda GPP sertifikatini olish tartibi va ahamiyati, soha mutaxassislarini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf qilish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Suhbat so'nggida yig'ilish qatnashchilari o'z dorixonalari faoliyatini umumjahon e'tirof etgan tartibda yo'lga qoyilishi – dorixona raqobatbardoshligini mustahkamlab, mijozlar talablarini yuqori darajada ta'minlab berish imkoniyatini kengaytirishini e'tirof etdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech