404
GPP uchun online ariza topshirish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Qoraqolpog'istonlik iste'molchilar va GPP

O'z huquqlarini anglagan qoraqolpog'istonlik iste'molchilar bugun dorixonalarga kirar ekanlar, GPP sertifikati mavjudligi borasida qiziqish va talablarini bildirmoqdalar. Zero, GPP standartlarini joriy qilinishi xavfsizlik va sifat garovi ekanligi, bugun hech kimga sir emas.

Joriy yilning may oyi qoraqolpog'istonlik dorixona muassasalari mas'ullari uchun ahamiyatli o'tmoqda. Sababi, Qoraqolpog'izton Respublikasining Nukus shahri, Qoraqolpog'izton Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, qolaversa, Kegeyli va Chimboy tumanlarning maxsus binolarida “Zarur dorixona amaliyoti GPP talablarini joriy qilish-davr talabi” mavzusida davra suhbatlari o'tkazildi. Savol-javob shaklida tashkillashtirilgan yig'ilishlarda yuzlab soha vakillari ishtirok etishdi. “Zarur amaliyotlar markazi” DUKning yetakchi mutaxassislari esa, eng bahsli mavzularda ishtirokchilarga malakaviy maslahatlarini berib, GPP sertifikatini olish tartibi bo'yicha qo'llanmalar bilan bo'lishishdi.

Ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekiston Respublikasinig turli hududlarida shu kabi uchrashuvlar bo'lib o'tyapdi, bu borada ma'lumotlarga ega bo'lishingiz uchun sahifamizni kuzatib borishnigizni o'zi kifoya.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech