2024 yil 31 may kuni farmasevtika mahsulotlarini ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mutasaddi xodimlari bilan Zoom platformasi orqali navbatdagi “Zarur amaliyotlar qoidalarini joriy etishdagi muammolar yechimi” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda GDP va GPP sertifikatini taqdim etuvchi vakolatli ishchi organ bo‘lgan “Zarur amaliyotlar markazi” DUK direktori o‘rinbosari hamda inspektorlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda mutasaddilar tomonidan ko‘tarilgan muammo va savollarga tushuntirishlar berildi hamda o‘z ish faoliyatida mos ravishda GDP va GPP talablarini o‘rnatilgan muddatlarda joriy qilmagan tashkilotlarning litsenziyasi bekor qilinishi haqida yana bir bor eslatildi.
Hurmatli farmasevtika mahsulotlarini ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mutasaddi xodimlari, mavzuga oid savollaringizga "Zarur amaliyotlar markazi"ning rasmiy veb-sayti (http://www.uzpharm-gxp.uz/) orqali ham javob olishingiz mumkin.