404
Сообщить о дефекте качества лекарственного средства Учебный курс
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Информация

Farmatsevtika korxonalari, klinik oldi va klinik tadqiqot bazalarini “Zarur amaliyotlar (GxP)” talablariga muvofiqligini farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash maqsadida normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — loyiha.adliya.uz portaliga (loyiha ID-8124) joylashtirilgan.
Mazkur loyiha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, Savdo-sanoat palatasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
Shuningdek, loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilib, tegishli tartib-taomillar asosida ko‘rib chiqilgan.
Hozirgi vaqtda loyiha belgilangan tartibda huquqiy ekspertiza o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilgan bo‘lib, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Yuridik bo‘limi boshlig‘ining yuridik xulosasini olish jarayoni davom etmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech