404
GPP uchun online ariza topshirish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

“Zarur amaliyotlar Markazi” vakillari Tailand farmatsevtika kompaniyasida sertifikatlashtirish auditini o‘tkazdilar

Joriy yilning 4-6 oktyabr kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Zarur amaliyotlar Markazi” DUK direktori A.Do‘smatov va Markaz inspektori X.Anvarovdan iborat inspektorlar guruhi Tailand qirolligida joylashgan “Mega liefesciences” farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasida sertifikatlashtirish auditini o‘tkazdilar. Korxonaning ishlab chiqarish sharoitlari sifat tizimining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti-GMP” standarti talablariga mosligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi.

Aytish lozimki, korxona ikki turdagi dori shakllari - tabletkalar va yumshoq kapsulalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, mahsulotlari dunyoning 29 mamlakatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bugungi kunda korxonada 4000 dan ortiq ishchilar mexnat qilmoqda. Korxonaning nafaqat Tailand Qirolligida, balki Indoneziya va Avstraliya mamlakatlarida xam ishlab chiqarish maydonlari mavjud bo‘lib, umumiy mahsulot aylanmasi dunyo bo‘yicha 438 mln AQSH dollarni tashkil qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech