404
GPP uchun online ariza topshirish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan yana 7 ta korxona GMP va GDP sertifikatlariga ega bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzurida tashkil etilgan Zarur amaliyotlar markazi tomonidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan yana 7 ta korxonaga GMP va GDP sertifikatlari taqdim qilindi.

Farmatsevtika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda zarur amaliyotlar (GxP) xalqaro standartlarini joriy qilish ishlarini tashkil etish, zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash maqsadida farmatsevtik inspeksiyalar o‘tkazish hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning mahalliy standartlari xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilishini taʼminlash maqsadida Zarur amaliyotlar markazi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 10 iyun sanasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Zarur amaliyotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan farmatsevtik inspeksiyalardan muvaffaqiyat bilan o‘tgan “Meros Pharm Tashkent” MCHJ, “Meros Pharm” MCHJ QX (Samarqand) “Meros Pharm Fergana” MCHJ va uning Namangan viloyatidagi filiali, “Meros Pharm West” MCHJ (Xorazm viloyati), “Irradiance Glow” MCHJ korxonalariga GDP sertifikatlari, “Aziya Immunopreparat” MCHJga esa GMP sertifikati topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-son Farmoniga asosan, farmatsevtika tarmog‘i va respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar 2024 yil 1 yanvargacha zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozimligi belgilangan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech