404
GPP uchun online ariza topshirish O`quv kursi
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Rossiya va O‘zbekiston hamkorligida GMP bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda

Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, aholini arzon va xavfsiz dori vositalari bilan taʼminlash, mahalliy farmatsevtika korxonalarida xalqaro standartlarni tatbiq etishni jadallashtirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini va tarmoqning eksport salohiyatini oshirish Agentlik oldiga qo‘yilgan ustuvor va muhim vazifalar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-son “2019-2021 yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, Zarur amaliyotlar markazi DUK rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish maqsadida, 2022 yilning 30 may – 10 iyun kunlari  “Dori vositalarini ishlab chiqarish va sifat nazoratini tashkil etish – GMP nazariy va amaliy qoidalari bo‘yicha - inspeksiya va audit qilish” mavzusida malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda.

Mazkur malaka oshirish kursi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining “Dori vositalari va zarur amaliyotlar Davlat instituti” Federal byudjet muassasasi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilgan.

Malaka oshirish kursi Rossiya Federatsiyasi “Yevroosiyo Zarur amaliyotlar akademiyasi” Avtonom notijorat tashkilotining tajribali va yetuk mutaxassislari tomonidan o‘tkazilmoqda:

▪️ Jilin Aleksey Vladimirovich – Farmatsevtik inspektorat bo‘yicha o‘qitish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.
▪️ Nikitin Vasiliy Gennadyevich – Dori vositalari ishlab chiqarishlarini inspeksiyadan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech