404
Ру Ўзб O'z En
Ру Ўзб O'z En
404 404

Ogoh bo’ling, qalbaki dori vositasi aniqlandi

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” tomonida oʻtkazilgan ekspertiza natijalari yuzasidan xat kelib tushdi. Ekspertiza natijalariga koʻra, Toshkent shahridagi ayrim dorixonalardan xarid qilingan “Neyromidin 20 mg tabletki №50 tabletok” (seriya 40220, yaroqlilik muddati 02.2025, AO “Olaynfarm”) qalbakilashtirilgan dori vositasi ekanligi aniqlandi.

Ushbu dori vositasini muomalasiga chek qoʻyish maqsadida, muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan, davlat roʻyxatidan oʻtmagan, qalbakilashtirilgan dori vositasi zudlik bilan muomaladan chiqarilishi hamda dori vositalarining inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda yoʻq qilinish bo’yicha tegishli ko’rsatma berildi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Amaldagi qonunchilikka koʻra, ushbu huquqbuzarliklar maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar bilan bir qatorda litsenziya talab va shartlarining qoʻpol buzilish holati deb baholanib, litsenziyani bekor qilinishiga asos boʻlа oladi. Sizlarni ushbu huquqbuzarlik holatiga yoʻl qoʻymaslik va uni bartaraf etish choralarini koʻrishingizni soʻraymiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech