Amaldagi qonunchilikka binoan, farmatsevtik inspeksiya oʻtkazilayotgan davrda arizada soʻralgan faoliyat yoʻnalishlari ishchi holatda boʻlishi lozim boʻlib, ayrim holatlarda inpsektorlar guruhi tashrifi jaraynida korxonalar ushbu talabga amal qilmasligi holatlari kuzatilmoqda (taʼmirlash ishlari yakuniga yetmagan, masʼullar safarda va shu kabi).
Yuqoridagilarga koʻra, uzrli sabablarga ko'ra Sizning korxonangiz rejalashtirilgan inspeksiyaga tayyor boʻlmagan holatda, ushbu haqda 5 ish kuni avval "Zarur amaliyotlar markazi" DMga rasmiy hat taqdim etishingiz soʻraladi, aks holda bu vaziyat sertifikatni berishni rad etishga sabab boʻladi.